
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski jarohatdan keyin oʻzining jismoniy holati va Polsha milliy terma jamoasidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. - Koʻp oʻyin oʻtkazmadim.
Polsha terma jamoasi menga oʻyin formasini tiklashda yordam berdi. Soʻnggi haftalarda individual dastur asosida mashgʻulot oʻtkazdim.
Eng muhimi, mavsumni qanday boshlashingiz emas, balki uni qanday yakunlashingiz. Bir nechta oʻyinlarni oʻtkazib yubordim, ammo hozir oʻzimni tobora yaxshi his qilmoqdaman, - dedi futbolchi jurnalistlarga.
Joriy La Liga mavsumida polshalik hujumchi 8 oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Chempionlar ligasida esa u 2 ta oʻyin oʻtkazgan, biroq gol yoki golli uzatma amalga oshirmagan.
Futbolchining “Barselona” bilan tuzgan shartnomasi 2026 yil yozida yakuniga yetadi.
Levandovski oʻyinga qaytish sirini ochdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing