date

PSJ Lamin Yamalni transfer qilmaydi

PSJ Lamin Yamalni transfer qilmaydi
Barselonaning yosh qanot hujumchisi Lamin Yamal yaqin kelajakda Parij Sen-Jermen klubiga o'tishi kutilmayapti. Fransiyaning nufuzli klubi uzoq vaqtdan beri kataloniyalik iqtidorli futbolchiga qiziqish bildirgan edi.

Ammo Transfer News Live manbasining Aliotalkga tayanib xabar qilishicha, PSJ endi Yamal bilan bogʻliq muzokaralarni rejalashtirmayapti. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, 18 yoshli hujumchining transfer qiymati 200 million yevroga baholangan.

Uning Barselona bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha davom etadi. Ilgari Parij klubi Yamal uchun 200 million yevrodan ortiq taklif qilgan, biroq Barselona bu taklifni rad etgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ Lamin Yamalni transfer qilmaydi