
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim va jamoa himoyachisi Diogu Dalot uzoq qarindosh ekanligi maʼlum boʻldi. Ushbu qiziqarli maʼlumotni Geneall genealogik portali asosida "Angliyskiy aktsent" nashri eʼlon qildi.
Manbaga koʻra, murabbiy va futbolchi ikkalasi ham 19-asrda yashagan fransuz Karlos Dalotning avlodlari hisoblanadi. Karlos Dalot sirk artisti boʻlib, oʻz birodarlari bilan Yevropa boʻylab gastrollarda ishtirok etgan va keyinchalik Portugaliyaga koʻchib oʻtgan.
Bundan tashqari, Diogu Dalot avvalroq oʻz ajdodlari sirk artistlari boʻlgani va oʻtmishda Braga shahriga koʻchib kelganini tasdiqlagan edi. Aynan Braga shahrida Diogu Dalot tugʻilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar