
Soʻnggi kunlarda Ispaniya matbuotida Xans-Diter Flik mavsum oxirida "Barselona" bosh murabbiyligidan ketmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu maʼlumotni jurnalist Florian Plettenberg rad etdi.
Manba maʼlumotlariga koʻra, nemis mutaxassisi "koʻk-anorranglilar" safidagi faoliyatidan mamnun va klubni tark etishni rejalashtirmayapti. Flik 2024-yil may oyidan beri "Barselona"ni boshqarib kelmoqda.
Oʻtgan mavsumda u kataloniyaliklarga La Liga va Ispaniya Kubogini yutishda yordam berdi. Joriy mavsumda esa Flik jamoasi 11 turda 25 ochko toʻplab, "Real"dan keyin ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Bugun, 5-noyabr kuni "Barselona" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining toʻrtinchi turida safarda "Bryugge"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar