date

Tyerri Anri Vinisiusni qoʻllab-quvvatladi

Tyerri Anri Vinisiusni qoʻllab-quvvatladi
Mashhur sobiq futbolchi Tyerri Anri "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni himoya qildi. Yaqinda boʻlib oʻtgan "El-Klasiko"da almashtirilganidan keyin Vinisius oʻz hissiyotlarini yashira olmadi va jamoatchilikning eʼtiborini tortdi.

Anri CBS Sports studiyasida ushbu holatga munosabat bildirar ekan, shunday dedi: "Hammamiz xato qilamiz. Hayot davom etadi va bu mavsum davomida muammo boʻlishini oʻylamayman.

Hammamiz bunday holatlarni koʻrganmiz va oʻzimiz ham shunday qilganmiz. Men bu yerda oʻtirib, "Bunday qilish mumkin emas, bu hurmatsizlik!" deb aytmayman.

Chunki men ham maydonda baʼzan oʻzimni boshqara olmaganman." Shuningdek, "Real" seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul"ga qarshi safar uchrashuvini oʻtkazdi. Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoa oʻsha o‘yinda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tyerri Anri Vinisiusni qoʻllab-quvvatladi