date

Laporta: Lamin Yamal haqiqiy daho

Laporta: Lamin Yamal haqiqiy daho
Barselona prezidenti Joan Laporta klubning iqtidorli vingeri Lamin Yamalni qoʻllab-quvvatladi. Yamal yaqinda "Real"ga nisbatan bir qancha dadil fikrlar bildirgan va "El Klasiko"dagi magʻlubiyatdan soʻng bosim ostida qolgan edi.

"Lamin haqiqiy daho. Men uning yonidaman va unga toʻliq yordam koʻrsataman.

U ajoyib yigit va yorqin futbolchi. Biz u haqida gʻamxoʻrlik qilishimiz, uni himoya qilishimiz kerak.

Yamalning yonida boʻlish va uni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha barcha choralarni qoʻllayman. U atigi 18 yoshda va bu yoshda sodir boʻlayotgan voqealar bilan kurashish oson emas.

Biz unga tushunish bilan yondashishimiz kerak. U pubalgiya bilan kurashmoqda, bu esa bir kechada davolanadigan narsa emas.

U juda koʻp mehnat qilmoqda va hurmatga loyiq", – dedi Laporta Goal portaliga bergan intervyusida. Chorshanba kuni "Barselona" Chempionlar ligasi doirasida safarda "Bryugge"ga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Laporta: Lamin Yamal haqiqiy daho