Barselona himoyachisi jarohat olib kasalxonaga yoʻllandi

Qisqacha
Barselona himoyachisi Erik Garsiya Chempionlar ligasida "Bryugge"ga qarshi o'yinning 93-daqiqasida jarohat olib, kasalxonaga yo'llandi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli futbolchining burni singan. Garsiya uchrashuvdan so'ng jarohati jiddiy emasligiga umid bildirgan. Barselona 9-noyabr kuni "Selta"ga, 25-noyabrda esa Angliyada "Chelsi"ga qarshi o'ynaydi.
Barselonaning himoyachisi Erik Garsiya Chempionlar ligasidagi "Bryugge"ga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqalarida jarohat oldi. 24 yoshli futbolchi 93-daqiqada almashtirildi.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning burni singan. Barca Universal xabariga koʻra, ispaniyalik futbolchi uchrashuv yakunida kasalxonaga yoʻllangan, ammo u avvaliga jurnalistlar bilan suhbatlashishga ulgurdi.
"Ha, menimcha, burnim singan. Koʻramiz, umid qilamanki, bu jiddiy muammo emas", – dedi Garsiya intervyusida.
Barselona jamoasi 9-noyabr, yakshanba kuni La Liga doirasida "Selta"ga qarshi oʻynaydi. Chempionlar ligasidagi keyingi oʻyinda esa "koʻk-anorranglilar" 25-noyabr kuni Angliyada "Chelsi" bilan toʻqnash keladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning burni singan. Barca Universal xabariga koʻra, ispaniyalik futbolchi uchrashuv yakunida kasalxonaga yoʻllangan, ammo u avvaliga jurnalistlar bilan suhbatlashishga ulgurdi.
"Ha, menimcha, burnim singan. Koʻramiz, umid qilamanki, bu jiddiy muammo emas", – dedi Garsiya intervyusida.
Barselona jamoasi 9-noyabr, yakshanba kuni La Liga doirasida "Selta"ga qarshi oʻynaydi. Chempionlar ligasidagi keyingi oʻyinda esa "koʻk-anorranglilar" 25-noyabr kuni Angliyada "Chelsi" bilan toʻqnash keladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…