
“Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong Chempionlar Ligasi doirasida “Bryugge” bilan 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Biz ushbu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak edi.
Yaxshiroq o‘ynashimiz zarur edi. Ko‘p narsalarni tuzatishimiz kerakligini tushunamiz va bu ustida ishlayapmiz, ammo bugun buni ko‘rsata olmadik.
Himoyadagi nazorat va joylashuv masalalari sababli qarshi hujumlarda zaifligimiz sezildi. O‘tgan mavsumni unutish kerak.
O‘shanda ham Yevropaning eng yaxshi jamoasi bo‘lmaganmiz. Chempionlar Ligasini yuta olmaganmiz va ko‘p gol o‘tkazganmiz.
Hammasi faqat o‘tkazilgan gollarda emas, lekin uchta gol o‘tkazsang, g‘alaba qozonish qiyin…” – dedi de Yong Movistarga bergan intervyusida. “Barselona” navbatdagi uchrashuvini 9-noyabr kuni La Ligada “Selta”ga qarshi o‘tkazadi.
De Yong: Yevropaning eng yaxshi jamoasi emasmiz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar