Lamin Yamal Messiga qiyoslashlardan voz kechdi

18 yoshli Lamin Yamal Chempionlar Ligasi doirasida "Bryugge"ga qarshi o'yinda gol urdi, ammo bu "Barselona"ga g'alaba keltira olmadi (3:3). Ispaniyalik vinger 61-daqiqada raqib darvozasini ishgʻol qilib, hisobni 2:2 koʻrinishiga olib keldi.
Biroq mezbonlar tez orada yana oldinga chiqishdi, 77-daqiqada esa "koʻk-anorranglilar" raqibning avtogoli sabab magʻlubiyatdan qutulib qolishdi. O'yindan so'ng jurnalist Yamaldan: "Bu gʻolingiz yana Messini eslatdi", deb soʻraganida, yosh futbolchi bunday javob berdi: "Yoʻq, yoʻq, Leo minglab shunday gollar urgan, men oʻzimni u bilan qiyoslamayman.
Men faqat oʻz yoʻlimdan borishga va oʻz ustimda ishlashga harakat qilaman." "Barselona"ning yosh yulduzi joriy mavsumda oʻnta oʻyinda beshta gol urib, beshta golli uzatma amalga oshirdi.