
Barselona yarim himoyachisi Fermin Lopes Chempionlar ligasidagi "Bryugge"ga qarshi kechgan uchrashuv (3:3) bo'yicha fikr bildirdi. Belgiya klubi uch marta hisobda oldinga chiqdi, ammo kataloniyaliklar har safar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi.
Barselona zarbalar soni va to'pga egalik qilish bo'yicha raqibidan ancha ustun bo'lsa ham, g'alabani qo'lga kirita olmadi. "So'nggi vaqtlarda biz juda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz.
Bu muammo deyarli har bir o'yinimizda namoyon bo'lmoqda. "Bryugge" uchta aniq imkoniyat yaratdi va uchtasini ham golga aylantirdi.
Biz oxirigacha kurashdik, lekin afsuski, faqat durang bilan kifoyalandik. Voqealarni tahlil qilishimiz kerak.
Futbolda har narsa bo'lishi mumkin, ammo biz o'z ustimizda ishlashni davom ettirishimiz zarur", – deydi Fermin Lopes Barca Universal nashriga bergan intervyusida. Yakshanba kuni "ko'k-anorranglilar" La Ligada safarda "Selta"ga qarshi maydonga tushadi.
Fermin Lopes: "Barselona"ning muammolari haqida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar