Gvardiola: Har safar Holandning rekordini aytasiz

Gvardiola: Har safar Holandning rekordini aytasiz
Qisqacha

Erling Holand Chempionlar ligasida uch xil klub safida ketma-ket beshta o'yinda gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi va 'Manchester Siti'ning ushbu musobaqadagi gol urish seriyasi bo'yicha klub rekordini o'rnatdi. Xosep Gvardiola yangi rekord haqida oldindan bilmaganini, Holand uchun xursand ekanini va u bunga loyiq ekanini aytdi. 'Manchester Siti' 9-noyabr kuni APL doirasida 'Liverpul'ga qarshi o'ynaydi.

Gvardiola: Har safar Holandning rekordini aytasiz
Erling Holand chorshanba kuni 'Borussiya' darvozasini ishgʻol qildi. Norvegiyalik futbolchi uch xil klub safida Chempionlar ligasida ketma-ket beshta oʻyinda gol urgan birinchi oʻyinchi boʻldi.

Bundan tashqari, Holand 'Manchester Siti'ning ushbu musobaqadagi gol urish seriyasi boʻyicha klub rekordini ham oʻrnatdi. 'Shaharliklar' bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 4:1 hisobidagi gʻalabadan soʻng Holandning rekordlari haqida fikr bildirdi.

'Yangi rekordmi? Men buni bilmasdim.

Rostini aytsam, bilmasdim. Har safar flash-intervyu yoki matbuot anjumaniga kelganimda, Holandning yangi rekordi haqida aytasiz.

Men uning uchun xursandman. U bunga loyiq.

Uning atrofida qancha koʻp yaxshi futbolchilar boʻlsa, shuncha osonroq boʻladi. Top-klublarda hamisha shunday.

Yaxshi oʻyinchilar butun jamoaning salohiyatini oshiradi', – dedi Gvardiola TNT Sports'ga. 'Manchester Siti' oʻzining navbatdagi oʻyinini 9-noyabr kuni APL doirasida 'Liverpul'ga qarshi oʻtkazadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar