date

Manchester Siti Chempionlar Ligasida magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi

Manchester Siti Chempionlar Ligasida magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi
Chorshanba kuni "Manchester Siti" Dortmundning "Borussiya" jamoasini 4:1 hisobida magʻlub etdi. Angliya klubi safida Fil Foden dubl qayd etib, shuningdek, Erling Holand va Rayan Sherki gol urishdi.

Mehmonlar safida esa Valdemar Anton hisobni ochishga muvaffaq boʻldi. Shunday qilib, "shaharliklar" Chempionlar Ligasi guruh bosqichi va umumiy bosqich doirasida oʻz maydonida ketma-ket 23 oʻyinda magʻlub boʻlishmadi.

Keyingi turda "Manchester Siti" yana oʻz maydonida oʻynaydi. Bu safar ularning raqibi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi boʻladi.

Uchrashuv 25-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Hozirgi paytda Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi va 10 ochkoga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti Chempionlar Ligasida magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi