date

Gvardiola Liverpul bilan oʻyindan oldin fikr bildirdi

Gvardiola Liverpul bilan oʻyindan oldin fikr bildirdi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasida Liverpulga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyindan oldin oʻz fikrlarini bildirdi. Chorshanba kuni "shaharliklar" Chempionlar ligasi doirasida oʻz maydonida Dortmundning Borussiya jamoasini 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Endi esa yakshanba kuni Angliya chempionati doirasida Liverpulni qabul qiladi. "Liverpulga qarshi oʻyinga tayyorgarlik oldinda.

Men ushbu oʻyindan oldin juda xursandman va hayajonlanyapman. Yakshanba kuni nima boʻlishini sabrsizlik bilan kutyapman", – dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Manchester Siti APL turnir jadvalida 10 turdan soʻng 19 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Liverpul esa 18 ochko bilan uchinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Liverpul bilan oʻyindan oldin fikr bildirdi