
18 yoshli "Barselona" yulduzi Lamin Yamal o'z jarohati borasida fikr bildirdi. Avvalroq, matbuotda yarim himoyachi chov sohasida og'riq his qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Men imkonimning boricha ishlayapman. Ko'pchilik mening jarohatim haqida yozmoqda va bu meni xafa qilmoqda.
Men o'zimni yaxshi his qilyapman va maksimal darajaga qaytishni xohlayman", – deydi futbolchining so'zlarini Marca gazetasi keltiradi. Eslatib o‘tamiz, Lamin 2025-yilgi "Oltin to‘p" so‘rovnomasida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Ushbu mavsumda ispaniyalik futbolchi La Ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar