date

Shchesni 8 o‘yinda 15 ta gol o‘tkazdi


Barselona asosiy darvozaboni Joan Garsiya jarohat olganidan so‘ng, jamoa muntazam ravishda gollar o‘tkaza boshladi. 24 yoshli ispaniyalik darvozabon 7 o‘yinda atigi 5 ta gol o‘tkazgan va uch uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan edi.

Ammo Voytsex Shchesni maydonga tushgach, raqiblar Barselona darvozasiga 8 o‘yinda 15 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Polshalik darvozabon birorta ham "quruq" o‘yin o‘tkaza olmadi.

Chorshanba kuni Xans-Diter Flik boshchiligidagi Barselona UEFA Chempionlar ligasi doirasida safarda Belgiyaning Bryugge jamoasiga qarshi o‘yinda 3:3 hisobida durang o‘ynadi. Kataloniyaliklar barcha musobaqalarda ketma-ket 9 uchrashuvda gol o‘tkazib, so‘nggi 12 yildagi klub antirekordini qayd etdi.

9-noyabr kuni Barselona La Liga doirasida Selta bilan to‘qnash keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shchesni 8 o‘yinda 15 ta gol o‘tkazdi