date

Ruben Amorim "Manchester Yunayted" muammosini izohladi


"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning himoyadagi muammosi haqida gapirdi. Joriy mavsumda "qizil iblislar" faqat bir o‘yinda darvozalarini daxlsiz saqlay olishgan.

"Quruq o‘yinlar yo‘qligi? Bu katta muammo.

Hozirgi ko‘rsatkichlarga qarasak, liga yetakchisi deyarli gol o‘tkazmayapti. Himoyaning ishonchli o‘ynashi juda muhim.

Agar yaxshi himoyalansangiz, bir payt kelib hujumda imkoniyatni amalga oshirib, o‘yinda g‘alaba qozonishingiz mumkin. Ammo himoya bu butun jamoaning ishidir.

Biz himoyalanishni yaxshilashimiz va ko‘proq tajovuzkor harakat qilishimiz kerak. Hammasi bir-biriga bog‘liq.

Hozirgidek ko‘p gol o‘tkazishimiz mumkin emas. Ba’zan kuchli himoya qilish hujumni ham yaxshilashga yordam beradi.

O‘tgan o‘yinda raqib bizning darvozaga 17 marta zarba berdi – bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak", – dedi Amorim matbuot anjumanida. Shanba, 8-noyabr kuni "Manchester Yunayted" Premyer-liga doirasida "Tottenxem"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ruben Amorim "Manchester Yunayted" muammosini izohladi