
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning bu mavsumda evrokuboklarda ishtirok etmayotganidan ijobiy tomonlarini ko'rmoqda. Amorimning ta'kidlashicha, bu holatni yomonlik deb qabul qilish emas, aksincha, undan imkoniyat sifatida foydalanish muhim.
"Gap Yevropa Ligasi finalida Tottenxemga mag'lubiyatdan ijobiy tomon qidirishda emas. Balki mavjud vaziyatdan to'g'ri foydalanish haqida.
Men aytardimki, ha, bu holatdan foyda bor. Har qanday vaziyatga ijobiy yoki salbiy yondashish mumkin.
Agar mendan Chempionlar Ligasida ishtirok etishni xohlaymanmi, deb so'rasangiz, albatta, ha, derdim. Lekin hozirda bizda mashg'ulotlar uchun ko'proq vaqt mavjud, futbolchilarni yaxshiroq o'rganish va jamoa bilan ishlash imkoniyatimiz bor.
O'rta haftada o'yinlar yo'qligidan foydalanishga harakat qilyapmiz. Lekin kelajakda biz albatta evrokuboklarga qaytamiz," dedi Amorim jurnalistlarga.
Shuningdek, 8-noyabr, shanba kuni Manchester Yunayted Premer-liga doirasida safarda Tottenxem bilan kuch sinashadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar