date

2025 yilning eng yaxshi darvozaboni nomzodlari eʼlon qilindi


FIFA tomonidan taqdim etiladigan The Best mukofotining 2025 yil uchun "Eng yaxshi darvozabon" nominatsiyasiga daʼvogarlar eʼlon qilindi. Mukofot uchun sakkiz nafar darvozabon kurashadi.

Quyida nomzodlar roʻyxati keltirilgan: Alisson ("Liverpul"), Thibaut Courtois ("Real"), Gianluigi Donnarumma ("Manchester Siti"), Emiliano Martinez ("Aston Villa"), Manuel Neuer ("Bavariya"), David Raya ("Arsenal"), Yann Sommer ("Inter"), Wojciech Szczesny ("Barselona"). Taʼkidlash joizki, Emiliano Martinez yana nominatsiyaga kirdi.

Argentinalik posbon 2022 va 2024 yillarda ushbu mukofotni qoʻlga kiritgan edi. Shuningdek, sentyabr oyida "Oltin toʻp" mukofoti doirasida oʻtgan mavsumning eng yaxshi darvozaboni sifatida Gianluigi Donnarumma tan olingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni nomzodlari eʼlon qilindi