
Parij Sen-Jermen hujumchisi Usmon Dembele yaqinda yana jarohat oldi. Oltin toʻp sohibi boʻlgan futbolchi Chempionlar ligasidagi Bavariya bilan oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Biroq, 25-daqiqada bosh murabbiy Luis Enrike uni almashtirishga majbur boʻldi. Jurnalist Benjamen Kuare xabariga koʻra, Dembele joriy oy oxirida safga qaytishi kutilmoqda.
28 yoshli futbolchi 26-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan Chempionlar ligasidagi Tottenhemga qarshi oʻyinda ishtirok etishga umid qilmoqda. Ushbu mavsumda Dembele Parij klubi safida 9 ta oʻyinda 3 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing