date

Mark Gehi "Real"ga rad javob berdi

Mark Gehi "Real"ga rad javob berdi
Londonning "Kristal Pelas" klubi himoyachisi Mark Gehi Madridning "Real" klubiga o'tmasligi ma'lum bo'ldi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn xabar berdi.

Manbalarga ko'ra, Gehi "Real"ga o'z faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishini bildirgan va mersisaydlik klubga va'da bergan. Avvalroq Gehi "Kristal Pelas" bilan shartnomasini uzaytirmasligi va jamoani tark etishi ma'lum qilingan edi.

Joriy mavsumda 25 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 18 o'yinda maydonga tushgan, bir gol urgan va uchta golli uzatma bergan. Gehi hozirda "Kristal Pelas" bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnomaga ega.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mark Gehi "Real"ga rad javob berdi