Romano: Van Deyk "Real"ga o'tishni xohlamagan

Fabritsio Romanoning aytishicha, Virjil van Deyk yozgi transfer mavsumida Madridning "Real" klubiga o'tishni xohlamagan. 34 yoshli himoyachi "Liverpul" loyihasining muhim qismi ekanini hisoblaydi va klub bilan yangi shartnoma imzolashga doim qiziqish bildirgan. Van Deyk 2018 yilning yanvar oyidan beri "Liverpul" safida o'ynab kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirida yakunlanadi.

Futbol insayderi Fabritsio Romano "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deykning Madridning "Real" klubiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. "Ispaniyada van Deyk yozgi transfer mavsumida "Real"ga qo'shilishni xohlagani haqida xabarlar tarqaldi.
Ammo men bilamanki, u "Liverpul"ni tark etmoqchi emas edi. Virjil o'zini klub loyihasining muhim qismi deb hisoblaydi.
U har doim "qizillar" bilan yangi shartnoma imzolashga qiziqish bildirgan", dedi insayderning so'zlarini Team Talk nashri keltiradi. 34 yoshli himoyachi 2018 yilning yanvar oyidan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Uning joriy shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi.































Izohlar 0
…