
Barselona klubi yosh iqtidor egasi Lamin Yamalning sogʻligʻiga oid muammoni hal qilish ustida ishlamoqda. Joriy mavsumda 18 yoshli vinger pubalgiya bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekmoqda, bu esa unga jismoniy yuklamalarni yengib oʻtishda qiyinchilik tugʻdirmoqda.
Diario Sport xabariga koʻra, Kataloniya klubi ushbu masalani hal qilish uchun doktor Lasse Lempaynen bilan bogʻlangan. Dastlab, "koʻk-anorranglilar" yulduzining jarrohlik amaliyotiga muhtoj boʻlishi mumkinligi taxmin qilingan edi, ammo Yamal operatsiyadan qochishga umid qilmoqda.
Joriy mavsumda Lamin Yamal barcha musobaqalar doirasida Hans-Diter Flik boshchiligidagi jamoa safida 10 oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar