date

Chelsi Real maqsadiga ko'z tikdi


Italiyaning "Komо" jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas Londonning "Chelsi" klubi e'tiboriga tushdi. Bu haqda TBR Football xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Chelsi" 21 yoshli argentinalik futbolchini diqqat bilan kuzatmoqda, biroq "Real Madrid" bilan kuchli raqobatga duch kelmoqda. Madrid klubi 2024 yilda "Komо"ga sotilgan Pasni qaytarib olish imkoniyatiga ega, ammo "Komо" klubi futbolchini "Chelsi"ga yanada yuqori taklif evaziga sotishni afzal ko'rishi mumkin.

Joriy mavsumda A Seriyada Pas 10 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati hozirda 55 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Chelsi Real maqsadiga ko'z tikdi