date

Ronaldu - barchaga o'rnak bo'lgan futbolchi


Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines "Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning terma jamoadagi o'yini bo'yicha fikr bildirdi. "Biz hammamiz uning futbolga bo'lgan muhabbatini va Portugaliya terma jamoasi libosini kiyish unga qanday ma'no berishini tushunamiz.

U barchaga o'rnak. Ronaldu - noyob futbolchi, o'z mamlakati uchun 200 ta o'yin o'tkazgan boshqa hech bir futbolchi yo'q", - dedi Martines "A Bola" nashriga bergan intervyusida.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi safida 225 ta o'yinda maydonga tushib, 143 ta gol urgan va 46 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 40 yoshli futbolchi milliy terma jamoa bilan Yevropa chempionati va ikki marta Millatlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan.

Noyabr oyidagi terma jamoalar o'yinlari oralig'ida Portugaliya Irlandiya va Armaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu - barchaga o'rnak bo'lgan futbolchi