Barselona 894 kundan soʻng Kamp Nouga qaytdi

“Barselona” 894 kunlik tanaffusdan so'ng o'zining asosiy stadioni Kamp Nouga qaytdi. Yangilangan arenadagi ilk mashg'ulotni 20 mingdan ortiq muxlis tomosha qildi. Chiptalar klubning rasmiy a'zolari uchun 5 yevro, qolganlar uchun 10 yevrodan sotildi va tushum xayriyaga yo'naltirildi. “Barselona” hozirda Ispaniya chempioni hisoblanadi.

Bugun ertalab muhim voqea sodir boʻldi – "Barselona" oʻzining asosiy stadioni Kamp Nouga qaytdi. Bu deyarli ikki yarim yil, yaʼni 894 kunlik tanaffusdan soʻng amalga oshdi.
Yangilangan arenada oʻtkazilgan birinchi mashgʻulotni tomosha qilish uchun yigirma mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Qizigʻi shundaki, baʼzi mamlakatlarda milliy chempionat oʻyinlari ham bunday katta auditoriyani yigʻmaydi.
Mashgʻulotga kirish chiptalari pullik boʻldi: klubning rasmiy aʼzolari uchun 5 yevro, qolganlar uchun esa 10 yevro. Ammo olingan daromad anʼanaga koʻra xayriya maqsadlariga yoʻnaltirildi.
Eslatib oʻtamiz, "Barselona" hozirgi vaqtda Ispaniya chempioni hisoblanadi.































Izohlar 0
…