Milan 2 ta gol farqi bilan gʻalabani boy berdi

Milan 2 ta gol farqi bilan gʻalabani boy berdi
Italiya A Seriyasining 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Milan" mehmon sifatida "Parma"ga qarshi maydonga tushdi va tezda 2 ta gol urdi.

Biroq, yakunda gʻalabaga erisha olmadi. Oʻyin 2:2 hisobida yakunlandi.

Bu holat "Milan" uchun soʻnggi bir yarim yildagi ilk marta sodir boʻldi. Jamoa oldingi safar 2024-yil 25-may kuni Stefano Pioli boshchiligida "Salernitana"ga qarshi oʻyinda 3:3 hisobida durang oʻynagan edi.

Shunga qaramay, "Milan" vaqtinchalik Italiya chempionati turnir jadvalining birinchi pogʻonasiga qaytdi. Ammo ularning asosiy raqiblari yakshanba kuni oʻz oʻyinlarini oʻtkazishlari kerak.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar