date

Xulian Alvares Simeone haqida gapirdi


Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares jamoa bosh murabbiyi Diego Simeone bilan munosabatlari haqida gapirdi. Koʻpchilikning fikriga koʻra, "matraschilar" murabbiyining uslubi argentinalik hujumchining isteʼdodini cheklaydi va u hujumkorroq jamoada oʻynashi maʼqul boʻlardi.

Ammo futbolchi bu mish-mishlarni rad etmoqda va murabbiyga qoyil qolishini bildirdi. "Simeone bilan biz futbolni bir xil tushunamiz: mehnatsevarlik, fidoyilik, ehtiros, ikki gigant bilan kurashish va hech qachon taslim boʻlmaslik.

Murabbiy menga toʻliq ishonch bildiradi va maydonda erkinlik beradi. Munosabatlarimiz juda yaxshi," – deydi Alvares "L'Equipe" nashriga bergan intervyusida.

Baʼzi manbalarga koʻra, 25 yoshli jahon chempioniga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xulian Alvares Simeone haqida gapirdi