APLning ikki grandi Yuventus hujumchisini xohlamoqda

Kanadalik hujumchi Jonatan Devid qishki transfer oynasida Angliya Premyer-ligasiga koʻchib oʻtishi mumkin. TuttoMercatoWeb xabariga koʻra, "Chelsi" va "Tottenhem" 25 yoshli "Yuventus" va Kanada terma jamoasi futbolchisini yanvar oyida oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda.
Devid avvalgi faoliyatida "Lill" klubida oʻynagan, biroq "Yuventus" safida kutilgan natijalarni koʻrsata olmagani sababli klub uni ijaraga berish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Turin klubi safida Devid shu mavsumda A Seriyaning 10 uchrashuvida maydonga tushib, bir gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Devid avvalgi faoliyatida "Lill" klubida oʻynagan, biroq "Yuventus" safida kutilgan natijalarni koʻrsata olmagani sababli klub uni ijaraga berish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Turin klubi safida Devid shu mavsumda A Seriyaning 10 uchrashuvida maydonga tushib, bir gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…