
“Yuventus” bosh murabbiyi Luchano Spaletti A Seriya doirasida “Torino”ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. O‘yin golsiz durang bilan yakunlandi.
"Markaziy maydonda raqib zich himoyalanganda, to‘pni aniqroq nazorat qilish va tezkorroq paslarni amalga oshirish talab etiladi. Agar uzatmalar oldinga qaratilgan bo‘lsa, raqibni himoyada qiynash osonroq bo‘ladi.
Bu borada hali o‘z ustimizda ishlashimiz kerak. Bugun jamoa o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olmadi.
Shuningdek, Chempionlar Ligasi o‘yinidan keyingi charchoq ham sezildi. Shunga qaramay, futbolchilarimizning harakatini e’tirof etaman”, – dedi DAZN telekanaliga bergan intervyusida yaqinda Igor Tudor o‘rniga murabbiylik lavozimini egallagan Spaletti.
“Yuventus” Italiya chempionatining 11-turidan so‘ng turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar