date

Titon "Rayo Valyekano" - "Real" o‘yinida g‘olibni aytdi


Ispaniya chempionatining 12-turida Madridning "Real" jamoasi safarda "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ushbu bahs haqida o‘z fikrlarini Moskvaning "Spartak" klubi sobiq yarim himoyachisi Yegor Titov bildirib o‘tdi.

"Alonsoning tarkib tanlash borasida keng imkoniyati bor, jarohatlangan futbolchilar ko‘p emas. Men "Real"ning g‘alabasiga pul tikaman.

Mbappe gol urishi kerak, "Liverpul"ga qarshi o‘yinda bu amalga oshmagan bo‘lsa-da", - deya Titovning so‘zlarini keltiradi "RB Sport". "Rayo Valyekano" va "Real" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun, 9-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Moskva vaqti bilan 18:15 da start oladigan o‘yin oldidan mezbonlar Ispaniya chempionati turnir jadvalida 12-o‘rinda joylashgan bo‘lsa, "qirollik" klubi birinchi pog‘onani egallab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Titon "Rayo Valyekano" - "Real" o‘yinida g‘olibni aytdi