Grizmann 28 soniyada gol urdi

Antuan Grizmann "Atletiko"ning "Levante"ga qarshi uchrashuvida zaxiradan maydonga tushganidan 28 soniya o'tib gol urdi. Bu natija La Liga uchun rekord bo'ldi. Grizmann uchrashuvda jami ikki gol urdi. Avvalgi rekord 2025-yil fevralida "Xetafe" futbolchisi Borxa Mayoral tomonidan "Jirona"ga qarshi o'yinda qayd etilgan va u 26 soniyani tashkil qilgandi.

Ispaniya chempionatining 12-tur uchrashuvlari davom etmoqda. Madridning "Atletiko" klubi o'z maydonida "Levante"ni qabul qildi va dastlab autsayderga qarshi o'yinda qiynaldi.
Biroq, ikkinchi bo'limda Diego Simeone Antuan Grizmannga maydonga tushish imkoniyatini berdi. Grizmann ikki gol urdi, ulardan birinchisini maydonga tushganidan atigi 28 soniya o'tgach amalga oshirdi.
Bu gol La Liga uchun rekord bo'ldi. 2025-yil fevralida "Xetafe" futbolchisi Borxa Mayoral "Jirona"ga qarshi o'yinda zaxiradan tushganidan keyin 26 soniyada gol urgan edi.
Qiziqarli tomoni shundaki, "Atletiko" o'zining keyingi uchrashuvini aynan "Xetafe"ga qarshi o'tkazadi.































Izohlar 0
…