Berardi A Seriyada rekord o‘rnatdi

Domeniko Berardi soat 12:30 da boshlanadigan A Seriya uchrashuvlarida 19 ta gol urib, rekord o'rnatdi. U bu natijaga «Sassuolo»ning safarda «Atalanta» ustidan yirik g'alabasida ikkita gol urganidan so'ng erishdi. Mazkur ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rinda «Latsio» hujumchisi Chiro Immobile bormoqda, u bunday o'yinlarda 14 ta gol urgan.

Italiya chempionatining 11-tur uchrashuvlari davom etmoqda. «Sassuolo» jamoasi safarda «Atalanta»ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Jamoa faxriysi Domeniko Berardi esa mazkur o‘yinda ikkita gol urdi va shu tariqa A Seriya uchun o‘ziga xos rekordga erishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Berardi o‘z faoliyati davomida soat 12:30 da boshlanadigan — ya’ni o‘yin kuni birinchi bo‘lib o‘tkaziladigan uchrashuvlarda jami 19 ta gol urgan.
Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «Latsio» hujumchisi Chiro Immobile egallab turibdi. Italiya jurnalistlarining ma’lumotiga ko‘ra, Immobile soat 12:30 da boshlangan o‘yinlarda 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.































Izohlar 0
…