Gvardiola "Liverpul" ustidan g'alabani sharhladi

Gvardiola "Liverpul" ustidan g'alabani sharhladi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi 3:0 hisobida erishilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Ushbu o‘yinda shahar jamoasiga g‘alaba keltirgan gollarga Erling Xoland, Niko Gonsales va Jeremi Dokyu mualliflik qildi. Gollar mos ravishda 29-daqiqada, 45-daqiqada va 63-daqiqada kiritilgan.

"Birinchi bo‘lim juda yaxshi o‘tdi. Tanaffusdan keyin esa "Liverpul" bosimni oshirdi. Biz biroz sarosimaga tushib qoldik, ayniqsa dastlabki besh-o‘n daqiqada, bu esa raqibga yordam berdi.

Umuman olganda, futbolchilar ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Juda mamnunman", – deya ta’kidladi Gvardiola jurnalistlar bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, "Liverpul"ga qarshi o‘yin ispan mutaxassisining murabbiylik faoliyatidagi minginchi uchrashuvi bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar