date

Manchester Siti 1000-oʻyinda gʻalaba qozondi

Manchester Siti 1000-oʻyinda gʻalaba qozondi
Angliya Premer-ligasining 11-turida "Manchester Siti" jamoasi "Liverpul"ni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu oʻyin "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatidagi 1000-oʻyin boʻldi.

Gʻalabaga Erling Holand, Niko Gonsales va Jeremi Doku tomonidan urilgan gollar sabab boʻldi. 54 yoshli Gvardiola murabbiy sifatida oʻzining 716-gʻalabasini qoʻlga kiritdi va shu kungacha jami 40 ta sovrinni qoʻlga kiritgan.

"Manchester Siti" 11 turdan soʻng 22 ochko bilan APL jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Keyingi turda jamoa safarda "Nyukasl"ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti 1000-oʻyinda gʻalaba qozondi