date

Vinisius va Alonso: "Real" yulduzga ishonch bildirmoqda


Vinisius Juniorning Madridning "Real" klubidagi kelajagi hali ham noaniq bo'lib qolmoqda. Matbuotda braziliyalik vinger va jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso o'rtasidagi murakkab munosabatlar haqida gap-so'zlar davom etmoqda.

Jurnalist Anton Meananing xabariga ko'ra, barcha mish-mishlarga qaramay, klub rahbariyati Vinisius bilan shartnomani uzaytirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida ko'rmoqda. Klub rahbariyatining fikricha, ispaniyalik murabbiy 25 yoshli yulduzga nisbatan adolatsiz bo'lgan.

Vinisius Juniorning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar davom etadi. Avvalroq, hozirgi mavsum yakunlanganidan so'ng, futbolchi sotilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Vinisius va Alonso: "Real" yulduzga ishonch bildirmoqda