
Madridning "Real" klubi himoyachisi Ferlan Mendi "Atletiko" jamoasining qiziqish doirasiga tushdi. 30 yoshli futbolchi joriy mavsumda "qaymoqranglilar" safida birorta ham o'yinda maydonga tushmadi.
U Alvaro Karerras va Fran Garsiyaga raqobatda imkoniyatni boy bermoqda. El Nacional nashri xabariga koʻra, "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone fransiyalik himoyachini oʻz jamoasida koʻrishni istamoqda.
Argentina terma jamoasining sobiq murabbiyi Mendini transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilab qoʻygan. Biroq Mendining "Real"dan "Atletiko"ga oʻtishi ikki jamoa oʻrtasidagi azaliy raqobat tufayli murakkablashishi mumkin.
"Atletiko" muxlislari "Real"dan kelayotgan futbolchini iliq kutib olishlari dargumon. Transfermarkt portali Mendining transfer qiymatini 10 million yevro deb baholamoqda.
Simeone Mendi transferini rejalashtirmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar