Real va Man Siti Soboslaini kuzatmoqda

Real va Man Siti Soboslaini kuzatmoqda
“Liverpul”ning hujumkor yarim himoyachisi Dominik Soboslai Yevropaning ikki gigant klubi diqqat markazida. Bu haqda Hir TV xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli vengriyalik futbolchiga “Manchester Siti” va Madridning “Real” klubi qiziqish bildirmoqda. Soboslaining “Liverpul”dagi yillik maoshi taxminan 7 million yevroni tashkil etadi, bu esa uning pozitsiyasida o‘ynayotgan boshqa yulduz futbolchilarning maoshiga nisbatan ancha kam.

Shu bilan birga, “Liverpul” rahbariyati futbolchining jamoa natijalariga qo‘shayotgan hissasini e’tiborga olib, u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash va uning maoshini oshirishni rejalashtirmoqda. Joriy mavsum Soboslai barcha turnirlar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar