
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Gari Lineker joriy Angliya Premer-ligasi mavsumidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. U Sportskeeda nashriga bergan intervyusida shunday dedi: "Hozir "Arsenal" yetakchilik qilmoqda va "kanonirlar"ni boshqa jamoalar quvib yetishi shart emas.
Ammo "Manchester Siti" yaxshi sport formasini qaytarib oldi. "Liverpul" esa hozircha yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgani yo‘q.
Agar "Arsenal" muxlisi bo‘lganimda, o‘zimni anchayin yaxshi his qilgan bo‘lardim." 11 turdan so‘ng Premer-ligada "Arsenal" 26 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Mikel Arteta shogirdlari ikkinchi o‘rindagi "Manchester Siti"ni to‘rt ochkoga ortda qoldirgan.
Kuchli uchlikni esa Londonning yana bir jamoasi "Chelsi" (20 ochko) yakunlab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar