date

Yuve Vlahovichning kelajagini muhokama qildi


“Yuventus” bosh direktori Damien Komolli hujumchi Dushan Vlahovichning kelajagi borasida o'z fikrlarini bildirdi. Amaldagi shartnoma Vlahovichni Turin klubi bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha bog'lab turadi.

"Biz Vlahovich bilan bu mavsumni yakunlashga kelishib oldik va shartnoma bo'yicha muzokaralarni mavsum so'ngida davom ettiramiz. Bu borada o'tgan yozdan beri aniq kelishuvga egamiz", — dedi Komolli, uning so'zlarini jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirgan.

2025/2026 yilgi mavsumda Dushan Vlahovich 15 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. Ayni damda “Yuventus” A Seriya turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuve Vlahovichning kelajagini muhokama qildi