date

Garsiya: Messi kutilmaganda Camp Nouga tashrif buyurdi


Barcelona darvozaboni Joan Garsiya klub afsonasi Lionel Messining yaqinda Camp Nouga kutilmagan tashrifi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Argentinalik futbolchining ushbu safari nafaqat muxlislarni, balki kataloniyalik jamoa vakillarini ham hayratga soldi.

"Hech kim Messining yangilangan Camp Nouga tashrif buyurishini kutmagan edi, ammo u buni ajoyib tarzda amalga oshirdi. Biz bu haqida kiyinish xonasida gaplashdik, lekin bunga katta ahamiyat bermadik.

Umid qilamanki, bir kun kelib u klubga qaytadi, men u bilan birga o'ynashni juda istardim. Ammo bu qanchalik haqiqatga yaqinligini bilmayman", – dedi Garciya Managing Barca nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi 2021 yilda Barcelonani tark etgan edi. Hozirda 38 yoshli hujumchi Inter Mayami safida faoliyatini davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Garsiya: Messi kutilmaganda Camp Nouga tashrif buyurdi