
Barselona darvozaboni Joan Garsiya jamoadoshi Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi. 18 yoshli "koʻk-anorranglilar" vingeri pubalgiya (chov sohasidagi surunkali ogʻriq) bilan aziyat chekmoqda.
Oxirgi oylarda futbolchi bir necha bor chov sohasidagi noqulayliklar tufayli oʻyinlardan chetda qoldi. "Oʻtmishda men ham pubalgiya bilan muammoga duch kelganman, shuning uchun bu jarohatning qanday noqulaylik keltirishini yaxshi bilaman.
Bu murakkab jarohat boʻlib, alohida eʼtibor va parvarish talab qiladi. Hozir men profilaktikaga juda katta ahamiyat berib, har kuni bu ustida ishlayman", – dedi Joan Garsiya Barca Universal nashriga bergan intervyusida.
Shuningdek, yaqinda Lamin Yamalning shu sababli noyabr oyida Ispaniya terma jamoasining oʻyinlarida qatnasha olmasligi maʼlum boʻldi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.