Real Madrid yulduzlari La Ligada yetakchilik qilmoqda

Kilian Mbappe va Arda Gyuler joriy mavsum La Ligada jamoa sheriklari uchun 32 tadan hujumkor vaziyat yaratib, bu ko'rsatkich bo'yicha yetakchilik qilmoqda. Reytingda Vinisius Junior va Edu Ekspozito 28 tadan, Nikolas Pepe va Xulian Alvares esa 26 tadan uzatma bilan keyingi o'rinlarni egallagan. Real Madrid o'n ikki turdan so'ng 31 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda va Barselonadan uch ochko oldinda.

Kilian Mbappe va Arda Gyuler La Ligada jamoa sheriklari uchun eng ko‘p hujumkor vaziyatlar yaratgan futbolchilar sifatida yetakchilik qilmoqda. Squawka maʼlumotlariga ko‘ra, Madridning "Real" klubi vakillari Fransiya va Turkiya futbolchilari hisobida joriy mavsum Ispaniya chempionatida har biri 32 ta to‘p uzatmasi bor.
Reytingning keyingi pog‘onasida "Real"dan Vinisius Junior va "Espanol"dan Edu Ekspozito joylashgan bo‘lib, ular 28 tadan uzatmani amalga oshirishgan. Shuningdek, "Vilyarreal"dan Nikolas Pepe va "Atletiko"dan Xulian Alvares 26 tadan to‘p uzatmasi bilan kuchli beshlikka kirishgan.
"Real Madrid" o‘n ikki turdan so‘ng 31 ochko to‘plab, La Liga turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa "Barselona"dan uch ochko farq bilan oldinda.
Navbatdagi tur uchrashuvlari 21-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.































Izohlar 0
…