Spalletti Yuventus uchun transfer soʻradi

Spalletti Yuventus uchun transfer soʻradi
Yuventus bosh murabbiyi Luchano Spalletti qishki transfer oynasida jamoani kuchaytirishni rejalashtirmoqda. "Keksa sinyora" rahbariyatidan u yarim himoya chizigʻida ijodkorlikni oshira oladigan oporchi yarim himoyachini jamoaga qoʻshishni soʻragan.

Bu Spalettining klub rahbariyatiga yoʻllagan asosiy talablaridan biri boʻlib, jurnalist Nikolo Skiraning xabariga koʻra, Turin klubi rahbariyati murabbiyning talabini qondirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi mumkin. Spalletti "Yuventus"ning avvalgi murabbiyi Igor Tudor oʻrnini egalladi.

Tudor bir qator muvaffaqiyatsiz natijalardan soʻng isteʼfoga chiqarilgan edi. Hozirda "Bianconeri" A Seriya turnir jadvalida oltinchi oʻrinni egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar