De Yong Pedrining ahamiyatini baholadi

De Yong Pedrining ahamiyatini baholadi
Barselona yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoadoshi Pedri haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik futbolchi jarohatidan tiklanishni davom ettirmoqda va shu sababli Barselonaning so‘nggi uchta o‘yinini o‘tkazib yubordi.

"Pedrini hech kim o‘rnini bosa olmaydi, deb o‘ylayman. Bizning tarkibda uning uslubidagi boshqa futbolchilar yo‘q.

U juda iqtidorli, ammo hozir uning haqida ortiqcha gapirish kerak emas – bu unga qo‘shimcha bosim yaratadi", – deydi de Yong ispan matbuotiga bergan intervyusida. 22 yoshli Pedri joriy mavsumda 13 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Uning maydonga qaytishi dekabr oyining boshiga rejalashtirilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar