Doku: Hammasi "Manchester Siti"ga bogʻliq

Doku: Hammasi "Manchester Siti"ga bogʻliq
Hujumkor yarim himoyachi Jeremi Doku, "Manchester Siti" futbolchisi, jamoasining joriy mavsumdagi ishtiroki haqida fikr bildirdi. "Biz koʻp mehnat qilmoqdamiz va yanada yaxshiroq boʻlishni xohlaymiz.

Biz "Arsenal" yoki boshqa raqiblarni kuzatmaymiz. Bilamizki, hammasi oʻzimizga bogʻliq.

Agar "Manchester Siti" oʻzining eng yaxshi oʻyinini koʻrsatsa, bizga qarshi oʻynash qiyin boʻladi", - dedi belgiyalik vinger "shaharliklar" matbuot xizmati orqali. Angliya chempionatining soʻnggi uchrashuvida Xosep Gvardiola shogirdlari "Liverpul"ni 3:0 hisobida magʻlub etishdi.

Jamoa 22 ochko bilan APL jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar