Barselona Messi qaytishi haqida aniq javob berdi

Barselona Messi qaytishi haqida aniq javob berdi
Barselona klubi prezidenti Joan Laporta argentinalik futbolchi Lionel Messining "koʻk-anorranglilar" safiga qaytishi ehtimoli haqida bayonot berdi. "Leoni qaytarish masalasida hammasi biz xohlagandek boʻlmadi.

Messi Barselonaga qaytadimi? Bu boradagi barcha gaplar oʻrinsiz", - deydi Laporta Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Messi "koʻk-anorranglilar" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Barselonaning asosiy jamoasida 2005 yildan 2021 yilgacha oʻynagan.

Hozirda Lionel AQShning "Inter Mayami" klubida MLS musobaqasida faoliyat yuritmoqda. Futbolchining hozirgi shartnomasi 2028 yil oxirigacha amal qiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar