date

Messi Barselonaga qaytishi mumkinmi?


Lionel Messi kelajakda "Barselona"ga qaytishi mumkin. Biroq bu qaytish futbolchilik faoliyatiga emas, balki klubning ma'muriy yoki sport sohasi bilan bogʻliq boʻlishi ehtimoli katta.

Messining "Barselona"ga futbolchi sifatida qaytishi mutlaqo ko'rib chiqilmaydi – bu bosqich uning hayotida yakunlangan. Bu haqda jurnalist Alfredo Martinez ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilgan.

Avvalroq Messi "Barselona"da yashashga qaytishni xohlashini bildirgan edi. Hozirda 38 yoshli futbolchi AQShning "Inter Mayami" klubi bilan 2028 yil oxiriga qadar shartnoma imzolagan.

Maʼlumki, Lionel Messi 2021 yilning yozida "Barselona"ni tark etgan edi. Oʻsha paytda kataloniyalik klub moliyaviy muammolar sabab hujumchi bilan shartnomani uzaytira olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Barselonaga qaytishi mumkinmi?