
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madridning "Real" klubi sobiq futbolchilari haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassis Toni Kroos va Luka Modrichni o'rniga boshqa o'yinchi topishning imkoni yo'qligini ta'kidladi.
"Kroos va Modrichga o'xshash o'yinchilarni topish mumkin emas. Boshqa bunday futbolchilar yo'q", – dedi Anchelotti Diario AS nashriga bergan intervyusida.
Toni Kroos 2024 yil yozida faoliyatini yakunlab, "Real"ni tark etdi. Luka Modrich esa bir yil o'tib, erkin agent sifatida "Milan"ga o'tdi.
66 yoshli mutaxassisning o'zi esa 2023 yilning may oyida "Real"dagi bosh murabbiylik lavozimini tark etdi. U Madrid klubini 2021 yildan, shuningdek, 2013-2015 yillarda boshqargan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.