
Rossiya terma jamoasi hujumchisi Ivan Sergeev Peru jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng "Match TV"ga intervyu berdi.
- Siz jarima maydonida o‘yinni yaxshi boshqarasiz. Ammo darvozabon to‘pni qaytargan vaziyatda gol urishning imkoni bo‘lmadi. Kuchli emas, balki aniqlikka urg‘u berish kerakmidi?
- Lyosha Batrakov menga uzatma berdi, men esa himoyachini aldab o‘tdim va darvozabon hamda ikki himoyachi darvoza oldida turganini ko‘rdim. Shu sabab kuchli zarba berdim. Afsuski, to‘p darvozaga kirib bormadi.
- Yaqin plandagi tasvirlardan ko‘rinib turibdi, sizning o‘zingiz ham to‘p darvoza to‘riga tushmaganidan hayron bo‘lgansiz.
- Yo‘q, bu futbol. Ba’zan urasiz, ba’zan esa o‘tkazib yuborisiz. Bunga xotirjam qarayman.
- Peru jamoasini o‘yindan oldin qo‘pol va noqulay jamoa deb ta’riflashgan edi. Ular haqiqatdan ham shunday edimi?
- Ha, to‘liq roziman. Ular ba’zi vaziyatlarda juda qo‘pol o‘ynashdi va agressiv harakat qilishdi. Ammo biz barchasiga tayyor edik. Afsuski, g‘alaba qozona olmadik, lekin umuman olganda, biz ulardan qolishmadik deb o‘ylayman.
- Bizning jamoamiz tomonidan urilgan gol haqida nima deya olasiz? Bu tajribali darvozabon va himoyachi o‘rtasidagi xato edi.
- Har bir o‘yinda bosim o‘tkazamiz va bu safar ham shunday bo‘ldi. Maydonda har qanday holat yuz berishi mumkin edi. Shu sabab peruliklarga bosim o‘tkazib, xato qilishga majbur qildik. Lyosha Miranchukning uzatmasidan so‘ng Sasha Golovin gol urdi.
- Rossiya terma jamoasi ikki yarim yil davomida Sankt-Peterburgda o‘ynamagan edi. Ushbu stadion sizga tanish. Bu o‘yin qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otdi?
- Meni birinchi marta terma jamoaga chaqirishganida Kiprga qarshi o‘yin bo‘lgan edi, u ham Sankt-Peterburgda o‘tkazildi. 5:0 hisobida g‘alaba qozongandik.
Bundan tashqari, men "Zenit"da deyarli uch yil o‘ynadim, shu sabab bu stadion men uchun o‘ziga xos joy. Oxirgi golimni ham "Zenit"ga aynan shu yerdagi o‘yinda urganman.
Katta stadionlarda o‘ynash har doim yoqimli, bugun Sankt-Peterburgda bo‘lsak, keyingi o‘yin Sochida bo‘ladi. Eng muhimi, har bir o‘yinda ko‘plab muxlislar kelib, bizni qo‘llab-quvvatlashadi.
Bugun ham 90-daqiqada hech kim stadionni tark etmadi, hamma g‘alaba golini kutdi. Afsuski, gol ura olmadik. Bugun kelgan barcha muxlislirga katta rahmat. Televizor orqali bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga ham alohida minnatdorchilik bildiraman.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.