date

Rafinya: Oltin toʻpni qoʻlga kiritish imkonim bor


Barselona hujumchisi Rafinya Dias kelajakda "Oltin toʻp" uchun kurashish imkoniyati borligiga ishonmoqda. "Oʻylaymanki, kelajakda "Oltin toʻp"ni qoʻlga kiritish imkonim boʻladi.

Futbol turli davrlardan iborat, va men hali koʻplab maqsadlarimga erishish uchun vaqtim borligiga ishonaman. 5-oʻrinni motivatsiya sifatida qabul qilaman.

Oʻzimning salohiyatimni yaxshi bilaman", — dedi Rafinya GQ nashriga bergan intervyusida. Joriy mavsumda 28 yoshli braziliyalik futbolchi barcha turnirlar doirasida 7 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Eslatib oʻtamiz, 2024/25 mavsum yakunlariga koʻra "Oltin toʻp" mukofotini PSJ hujumchisi Usmon Dembele qoʻlga kiritgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafinya: Oltin toʻpni qoʻlga kiritish imkonim bor